Jizzax viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Jizzax viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Ibrohimov tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Jizzax viloyati prokurori lavozimida 2017 yil noyabridan buyon Islomjon Ergashxo‘jayev ishlab kelayotgandi. Ushbu lavozimga u 2023 yilning mart oyida ikkinchi muddatga tayinlangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!