Messining omadi chopmayapti

Messining omadi chopmayapti

Lionel Messi Amerika kubogida 3 ta o‘yinda “gol+pas” tizimi bo‘yicha 1 ochko to‘pladi.

Argentina terma jamoasining 37 yoshli sardori turnirning chorak finalida Ekvadorga qarshi o‘yinda (1:1, penaltilar bo‘yicha 4:2) samarali harakat amalga oshirmadi.

O‘yindan keyingi seriyada hujumchining zarbasi darvoza to‘siniga tegdi.

Turnirdagi uchta o‘yinda Messida gol yo‘q, u bitta golli uzatmani amalga oshirdi - Kanada terma jamoasi bilan o‘yinda Lautaro Martinesga.

Hujumchi jarohati sabab Peruga qarshi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yubordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!