O‘zbekiston Ukraina shakari importini tikladi

O‘zbekiston Ukraina shakari importini tikladi

O‘zbekiston Ukrainadan shakar importini qayta yo‘lga qo‘ydi va ukrain mahsulotlarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaza boshladi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.
 
O‘zbekiston ukrain shakarining asosiy xaridori hisoblanadi.
 
“Bugun biz shakar kompaniya va zavodlaridan bojxona rasmiylashtiruvi boshlangani haqidagi xabarni oldik va kelajakda savdo aloqalarining iliqlashuviga umid qilamiz. Axir, qiyinchiliklarga qaramay noyabr oyida jami shakarning 47 foizi O‘zbekistonga eksport qilindi”, deyiladi xabarda.
 
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi o‘rtalarida Ukraina mahsulotlarini O‘zbekistonga kiritishda muammolar yuz berayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Xususan, ukrain dori vositalari bojxona rasmiylashtiruvi to‘xtatib qo‘yilgandi.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!