O‘zbekiston fuqarosi Germaniyada fojiali tarzda halok bo‘ldi

O‘zbekiston fuqarosi Germaniyada fojiali tarzda halok bo‘ldi

O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yilning 31 dekabr kuni O‘zbekiston fuqarosi N.X. konsullik bo‘limiga murojaat qilib, jiyani R.X.ning baxtsiz voqea oqibatida fojiali halok bo‘lganini xabar bergan.

TIV ma’lumotida aytilishicha, o‘tgan yilning oktyabr oyidan boshlab R.X. Germaniyadagi PRAXX jamiyatining malaka oshirish dasturi doirasida Kil shahri yaqinidagi fermer xo‘jaliklaridan birida shartnoma asosida amaliyot o‘tayotgan edi. 27 dekabr kuni u balandlikdan qulab tushib, vafot etgan. Mahalliy polisiya tekshiruv o‘tkazdi va baxtsiz hodisa yuz berganini tasdiqlagan.

Elchixonaning konsullik bo‘limi qarindoshlar va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarosining jasadini vatanga jo‘natishga oid konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan va Germaniya (Berlin, Brandenburg, Bremen, Quyi Saksoniya, Gamburg, Meklenburg-Old Pomeraniya, Saksoniya, Saksoniya-Anhalt, Shlezvig-Holshtayn, Turingiya), Shvesiya, Shveysariya va Chexiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Berlin shahridagi elchixonasiga +49-30-39-40-98-55, +49-30-39-40-98-30 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!