Uy sharoitida go‘zallikning oddiy shartlari

Uy sharoitida go‘zallikning oddiy shartlari

Uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar tarkibiga tuxum oqi qo‘shilsa, foydasi ikki barobar ortadi. Qolaversa, bunday niqoblar xamyonbopligi bilan sizga manzur kelishi aniq. Axir bor-yo‘g‘i tuxum oqidan foydalansiz, xolos.

Piling deysizmi?

Bir dona tuxum oqini ko‘pirtiring-da, atalangan holicha yuzingizga surting. Niqob qotgach, iliq suvda chayib olasiz. Mazkur usul yuz terisini a’lo darajada tozalab, teridagi o‘lik hujayralarning ajralishini osonlashtiradi.

Husnbuzarni davolaydi!

Virus va infeksiya tushishi oqibatida kelib chiqqan husnbuzarni davolashda tuxum oqi qo‘shilgan niqoblardan foydalanish mumkin. Buning uchun bir dona atalangan tuxum oqiga ozroq asal qo‘shasiz. Istasangiz, tuxum oqining o‘zini ishlating. Ustma-ust surtilganida hosil bo‘lgan yupqa plyonka toshma joylashgan teri katagini kichraytiradi.

Ko‘z ostida qopcha bo‘lsa...

Bu muammoni ham tuxum oqi yordamida hal etolasiz. Tuxumni ko‘pirtirib, ko‘z ostiga yupqa qilib surting-da, 10 daqiqadan so‘ng iliq suvda chayib oling. Uch kunda bir marotaba bajarilgan niqob ko‘z osti qopchasidan asar ham qoldirmaydi.

Immunitetga yordam kerakmi?

2-3 dona tuxum oqini atalab, to‘g‘ralgan ko‘katlarni qo‘shing. So‘ng o‘simlik yog‘i solingan tovada pishiring. Ko‘katli quymoq immunitetni oshiradi. Sarig‘idan foydalanilmagani hisobiga allergik reaksiyalardan xavfsiramasangiz ham bo‘ladi.
Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!