O‘ta og‘ir jinoyatlar ulushi o‘sib bormoqda - IIV

O‘ta og‘ir jinoyatlar ulushi o‘sib bormoqda - IIV

O‘zbekistonda 2019 yilning birinchi yarmida huquqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida jinoyatlar umumiy soni qisqargan bo‘lsada, o‘ta og‘ir jinoyatlar ulushi oshdi, deb xabar qildi ichki ishlar vaziri Senat majlisida. Xalq so‘zi xabariga asosan.

Xususan, 2019 yilning 1 yarim yilligida sodir etilgan jinoyatlar umumiy miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32%ga kamaydi. Shunday bo‘lsada, amalga oshirilgan jinoyatlar orasida og‘ir jinoyatlar ulushi - 2,7 %ga oshgan, - deyilgan xabarda.

Xususan, Surxondaryo viloyatida qayd etilgan jinoyatlarning 38 %,  Toshkent shahrida va Xorazm viloyatida qayd etilgan jinoyatlarning – 30 %, Namangan, Jizzax va Navoyi viloyatlarida sodir etilgan jinoyatlarning – 25 % - o‘ta og‘ir jinoyatlar turiga mansubdir.

Yuqoridagi vaziyatni hisobga olgan holda IIV jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatlar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida huquqni saqlash organlari faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar kiritdi.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!