2044 yilga kelib Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi soni 10 mln kishiga qisqaradi

2044 yilga kelib Janubiy Koreyada mehnatga layoqatli aholi soni 10 mln kishiga qisqaradi

Janubiy Koreyada tug‘ilish darajasi pastligi sababli 2044 yilga borib iqtisodiy faol aholi soni qariyb 10 million kishiga kamayadi, deb xabar beradi Kazinform Yonhapga tayanib.

2023 yilda 36,57 million nafarni tashkil etgan 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan odamlar soni 2044 yilga borib 27,17 millionga kamayishi prognoz qilinmoqda, deyiladi Korean Peninsula Population Institute for the Future hisobotida.

Shuningdek, 2023 yilda 51,71 million kishidan iborat bo‘lgan Janubiy Koreyaning umumiy aholisi 2065 yilga kelib, taxminan, 39,69 millionga kamayishi prognoz qilinmoqda.

“Iqtisodiy faol aholi sonining kamayishi ichki bozorning yemirilishiga olib keladi. Bu, shuningdek, keksa aholini qo‘llab-quvvatlash yukini oshiradi, bu esa iqtisodiy pasayish va uzoq muddatli past o‘sishga olib keladi, - dedi institut.

Janubiy Koreyada tug‘ilishning umumiy koeffisiyenti — bir ayol reproduktiv davrda o‘rtacha qancha tuqqan bo‘lishi mumkin - 2023 yilda 0,72 ga yetdi.

Bu ko‘rsatkich immigrasiyasiz barqaror aholini saqlash uchun zarur bo‘lgan 2,1 dan ancha past.
2024 yil fevralida jami 19 362 nafar chaqaloq tug‘ildi.

Avvalroq Janubiy Koreya aholisi tug‘ilishning pastligi tufayli deyarli 50 foizga qisqarishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!