Makron va Si Szinpin Olimpiada vaqtida barcha urushlarni to‘xtatishga chaqirdi

Makron va Si Szinpin Olimpiada vaqtida barcha urushlarni to‘xtatishga chaqirdi

KXDR raisi Si Szinpin Parij Olimpiadasi vaqtida jahon miqyosida urushni tugatish uchun Fransiya bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deya xabar beradi Euronews.

Parijda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Si Szinpin Xitoy Ukrainada tinchlikka erishishda faol rol o‘ynayotganini aytdi.

“Bugun dunyo tinch emas. BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi va mas’uliyatli yirik davlat sifatida Xitoy Parij Olimpiadasi vaqtida global o‘t ochishni to‘xtatish va urushni to‘xtatish imkoniyatidan foydalanish uchun Fransiya bilan hamkorlik qilishga tayyor”, - dedi Si Sinpin.

Uning so‘zlari Olimpiya o‘yinlari vaqtida sulh tuzishga chaqirgan Makronning xuddi shunday bayonotlariga mos keldi.

Ikki davlat rahbarlarining muzokaralarida, shuningdek, savdo masalalari muhokama etildi.

Avvalroq Makron Xitoyning proteksionizm va subsidiyalarni oshirish ko‘rinishidagi savdo amaliyotini qoralagan edi.

Evropa iqtisodiy suvereniteti tarafdori Xitoyning Fransiya konyaklari va boshqa yevropa brendilariga bo‘lgan demping tekshiruvi, shuningdek, fransuz kosmetikasi va boshqa sohalardagi keskinlikdan xavotir bildirdi.

Xitoy Rossiya-Ukraina mojarosida betarafligini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!