NASA Starliner boshqaruvli kosmik kemasining birinchi parvozini kechiktirdi

NASA Starliner boshqaruvli kosmik kemasining birinchi parvozini kechiktirdi

Parvozdan ikki soat oldin NASA Boeing kompaniyasining Starliner boshqariladigan kosmik kemasining Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) birinchi sinov parvozini bekor qildi. Chunki kemani orbitaga chiqarishi kerak bo‘lgan Atlas-B raketasining kislorod chiqarish klapanidagi muammo bo‘lgan. Ikki astronavt Yerga qaytishdan oldin XKSda taxminan bir hafta bo‘lishi kutilgan edi, deb xabar berdi DW.

"Barchasi tayyor bo‘lgach, ishga tushiramiz", — deya ma’lum qildi NASA rahbari Bill Nelson X ijtimoiy tarmog‘ida. Lekin, bu ayna qachon bo‘lishiga aniqlik kirtmagan.

SpaceX asoschisi Ilon Mask esa bunga javoban: "Agar sizga raketa kerak bo‘lsa, bizga xabar bering", — deya postga izoh qoldirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!