Urgutlik tadbirkor Moskvada nisholda tayyorlab sotmoqda

Urgutlik tadbirkor Moskvada nisholda tayyorlab sotmoqda

Samarqandlik tadbirkor Ikromjon Berdiyev ikkinchi yildirki Moskvada nisholda tayyorlamoqda. Bu haqda Zarnews xabar berdi.

Ramazonning tansiq shirinligi Moskva bozorlariga endi kirib kelayotgan bo‘lsa ham, unga talab katta.

— Nisholdani tayyorlashdan maqsad buning ortidan boyish emas, musofirlikdagi yurtdoshlarga xotiralarni ulashish. Nisholdani yeb, O‘zbekistonda yurgandek bo‘lishadi, qolaversa, sevgan ishimni biznesga aylantirdim. Rossiyalik xaridorlar o‘zlari uchun yangi bo‘lgan yegulikni qiziqish bilan tatib ko‘ryapti, — deydi Ikromjon Berdiyev.

Non va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan «Halol luqma» korxonasi egasi nisholda mavsumiy yemakligini ta’kidlab, asosan bozorlar va do‘konlarga ulgurji tarqatayotganini bildirdi.

Ramazon shirinligi uchun zarur mahsulotlarning bir qismi O‘zbekistondan keltirilmoqda.

Urgutlikman, tog‘li hududda yashaymiz. Arpabodiyon va yetmakni uy tomondan kim kelsa, olib kelishayapti, — deydi Ikromjon Berdiyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!