O‘FA rahbarligi uchun yangi nomzodlar ma’lum bo‘ldi
Kecha, 13 iyun kuni 2017 yilning sentyabr oyidan buyon O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti sifatida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov lavozimidan iste’foga chiqqan edi.
QALAMPIR.UZ manbasiga ma’lum bo‘lishicha, bugun, 14 iyun kuni O‘FA binosida maxsus yig‘ilish tashkil etiladi. Unda Umid Ahmadjonovning o‘rniga vise-prezidentlik uchun bir qator nomzodlar ko‘rib chiqiladi.
Asosiy nomzod sifatida FIFA referesi Ravshan Ermatov ko‘rilayotgani haqida ma’lum qilgandik. Bundan tashqari tashkilot vise-prezidentligiga AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov, O‘zbekiston boks federasiyasi vise-prezidenti Sokin Po‘latov va O‘FAning terma jamoalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rustam Abdullayev nomzodlari ham ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘FA prezidenti Ochilboy Ramatovning ham o‘z lavozimidan ketishi mumkinligi aytilgan edi.