To‘yda maqtanish uchun “pul sochamiz” deb qalbaki pul yasaganlar qamoqqa olindi

To‘yda maqtanish uchun “pul sochamiz” deb qalbaki pul yasaganlar qamoqqa olindi

Toshkent shahri. 2021 yilning 23 yanvar kuni soat 10:00 larda  Bektemir tumani Qo‘yliq-1 dahasida 27 yoshli Azizbek J., va Olimjon X., lar tanishlari 28 yoshli Talantjon T.,ning nikoh to‘yi bo‘layotganligi munosabati bilan to‘yda o‘ynayotgan mehmonlarning ustidan pul sochish maqsadida, o‘zlarining sinfdoshlari 27 yoshli Aziz T.,ga bir dona “AYE 2489763” raqamli 100 000 (yuz ming) so‘mlik kupyurani 10 000 000 so‘m pul mablag‘lari yasab berishi uchun berib, Aziz T., ushbu pullarni kompyuter yordamida qalbakilashtirib yasab berganidan so‘ng Talantjon T., bundan xabar topib, ulardan qalbaki 2 300 000 so‘m pullarni olib, Qo‘yliq bozorida sarflab yurgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Talantjon T., xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida yonidan 14 dona “AYE 2480763” raqamli 100 000 (yuz ming) so‘mlik kupyuralar topilib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud texnika-kriminalistika ekspertizasining xulosasida, 14 dona 100 000 (yuz ming) so‘mlik “AYE 2489763” raqamli pul kupyuralari poligrafik usulda tayyorlanganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Azizbek J., Olimjon X., Talantjon T., Aziz T.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, ayblanuvchilar himoyachilari ishtirokida ish hujjatlari bilan tanishtirilgan.

Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasini tasdiqlash uchun Bektemir tumani prokuraturasiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!