Turkiyaning bir necha shaharlarida suriyalik muhojirlarga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

 Turkiyaning bir necha shaharlarida suriyalik muhojirlarga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Bunga suriyalik migrantlardan birining 5 yoshli qizchaga shahvoniy tajovuz qilib, uni videoga olib tarqatganidan keyin boshlangan. Voqea Qaysari shahrida sodir bo‘lgan.

Dastlab 1 iyulga o‘tar kechasi Qaysarida tartibsizliklar uyushtirilgan. Turklar ko‘chalarda suriyalik migrantlarni tutib urishgan. Fuqarolar suriyalik migrantlar to‘plangan joylarna bostirib kirishgan. Ularga tegishli avtomobillarni ag‘natib, yoqishgan. Do‘konlariga hujum qilishgan. Uylar va do‘konlarga o‘t qo‘yilgan. Suriyaliklarga qarshi reydlar Hatay, Antaliya, G‘oziantep, Ko‘nya, Qaysari kabi shaharlarda bo‘lib o‘tgan. Hukumat norozilik namoyishlarni bostirish uchun qo‘shimcha kuchlardan foydalangan.

Suriyaning muxolifatchi kuchlar nazorati ostidagi shimoliy qismlarida ham bunga javoban noroziliklar bo‘lib o‘tgan. Ular shaharlarda osig‘liq turgan Erdo‘g‘an suratlari va Turkiya bayroqlarini yirtishgan, yoqishgan va toptashgan. Turk harbiylariga hujumlar qilishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!