Turkiya Qirg‘izistonga hamdardlik bildirdi

Turkiya Qirg‘izistonga hamdardlik bildirdi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Nookat tumanidagi suv toshqini oqibatlari haqida bayonot berdi.

«Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyati Nookat shahrida sodir bo‘lgan yaqinda sodir bo‘lgan suv toshqini natijasida insonlarning qurbon bo‘lgani va mingdan ortiq odamning majburiy evakuasiya qilinishidan chuqur qayg‘udamiz», — deyiladi TIV bayonotida.

✍️ Anqara Qirg‘iziston xalqiga hamdardlik bildirdi va ushbu ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi.

🚫 Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘sh viloyatining Nookat tumanida sel oqimi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, ulardan 5 nafari bolalar va o‘smirlardir.

Tabiiy ofat ko‘priklarning vayron bo‘lishiga, elektr podstansiyalariga zarar yetkazilishiga va yo‘llarning yuvilishiga ham olib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!