Turizm mavsumida «Registon» majmuasi yarim tungacha ishlaydi

Turizm mavsumida «Registon» majmuasi yarim tungacha ishlaydi

Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida "Huquqiy axborot" telegram kanali xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining 828-qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan hududlardan tashqari Samarqand shahridagi yer uchastkalari mehmonxonalar qurish uchun “E-IJRO AUKSOIN”da elektron onlayn-auksion orqali jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladi.

Shuningdek, shaharning “Universitet hiyoboni”, I. Karimov, A. Navoiy va Pushkin ko‘chalarida xususiy investorlarni jalb qilgan holda 2019-2021 yillarda turizm infratuzilmasi tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra: “Bog‘i baland” va “Bog‘i Shamol” bog‘lari joylashgan joyni aniqlash orqali qayta tashkil etiladi va tarixiy qiyofasi qayta tiklanadi; “Sheroz qal’a” , “Dobussiya”, Revdat shaharchasi – Kofir qal’a, Afrosiyob shaharchasidagi arxeologik yodgorliklar YUNESKO bilan kelishgan holda restavrasiya qilinadi; arxeologik yodgorliklar hududida “ochiq osmon ostidagi” muzeylar tashkil qilinadi va tashrif buyuruvchilarni elektron hisobga olish tizimi joriy etiladi.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab, turizm mavsumi – mart-noyabr oylari  davomida “Registon” kompleksi har kuni soat 7:00 dan 24:00 gacha ishlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!