Olmaliq shahrida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi

Olmaliq shahrida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.B. o‘z uyida tijorat maqsadida kompyuter tizimi orqali telekommunikasiya tarmoqlaridan foydalangan holda 3 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 103,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!