Surxondaryolik shaxs internet orqali namanganlikning pullarini o‘zlashtirdi

Surxondaryolik shaxs internet orqali namanganlikning pullarini o‘zlashtirdi

Namangan viloyati, Uychi tumanida yashovchi 34 yoshli A.G‘. IIOga murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 1.075.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyati, Angor tumanida yashovchi muqaddam O‘z.Res JKning 168-modda 3-qismi “a,g” bandlari bilan sudlangan 24 yoshli R.D. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan, R.D., internet foydalanuvchilariga telegram messenjerida “Faqat arzon tovarlar” nomli akkaunt ochib, o‘zini “Kompyuter va telefonlar uchun kerakli asbob uskunalarni yetkazib beruvchi” sifatida tanishtirgan va mazkur tovarlar juda arzon ekanligini aytib ularni qiziqtirib, to‘lovlarni oldindan amalga oshirishlari kerakligini aytgan holda pullarini o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgandan so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborgan va mazkur pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan R.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!