Ukraina Amerika dronlarini xohlamoqda

Ukraina Amerika dronlarini xohlamoqda

Amerikaning MQ-9 Reaper uchuvchisiz uchoqlari Ukraina AQShdan so‘rayotgan yordamlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda «Politico» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Kiyev yozgi operasiyalarni rejalashtirmoqda va nishonlarni aniqlashning yangi usullarini qidirmoqda, shuning uchun bu UAV'lar ustuvor vazifaga aylangan.

Ukraina avvalroq bunday dronlardan foydalanishga harakat qilgan, faqat zarba berish va kuzatish missiyalari uchun. So‘nggi paytlarda Kiyev ulardan razvedkada foydalanishga qiziqish bildirmoqda, deb yozadi nashr manbalarga tayanib.

Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya ularni urib tushirishi mumkinligidan qo‘rqib, MQ-9 Reaper'ni taqdim etishda ikkilanib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!