Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida qor tufayli qariyb 80 ming kishi elektr ta’minotisiz qoldi

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida qor tufayli qariyb 80 ming kishi elektr ta’minotisiz qoldi

Ekaterinburg va Sverdlovsk viloyatida qor yog‘di. Rossiya Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, noqulay ob-havo tufayli mintaqada taxminan 79 ming nafar odam elektr ta’minotisiz qolgan.

Singan va muzlagan simlar tufayli 20 dan ortiq aholi punktlarida elektr ta’minoti uzilgan.

2024 yil 3 maydan 4 mayga o‘tar kechasi Yekaterinburgda 8 mm qor yog‘di. Kun davomida 9 mm gacha yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shamolning tezligi soatiga 13 km ga yetgan.

Qor yog‘ishi shanba kuni tushdan keyin tugashi kerak, ammo sovuq harorat saqlanib qoladi, deya ogohlantirmoqda mahalliy rasmiylar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!