Trampning Putinga "so‘nggi sovg‘asi"

Trampning Putinga "so‘nggi sovg‘asi"

Amerika qo‘shinlarining uchdan bir qismini Germaniyadan olib chiqish qarori, ehtimol, AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning Rossiya rahbari Vladimir Putinga "so‘nggi sovg‘asi" bo‘lishi mumkin. Bu fikrni tahlilchi Nik Robertson bildirdi.

Ekspertning fikricha, Amerika rahbarining AQShning geosiyosiy raqiblariga bergan sovg‘alari uning prezidentligi davrida to‘xtamaydi. U Yevropa qo‘mondonligi qo‘shinlarini qayta joylashtirish to‘g‘risidagi qarorni o‘ta jiddiy xato deb biladi.

Robertsonning so‘zlariga ko‘ra, Tramp o‘z qarorini e’lon qilishiga bir necha soniya kerak bo‘ldi, ammo "bu harbiy ittifoqqa yetkazadigan zararni tuzatish uchun bir necha yil ketishi mumkin".

Avvalroq, Tramp Germaniyani Rossiyadan himoya qilish zarurligini shubha ostiga qo‘ygandi. "Bu g‘alati, — dedi u, — Berlin Moskvaga energiya uchun yiliga milliardlab dollar to‘laydi". Bundan tashqari, AQSh rahbari Germaniya NATOga badallar uchun yetarli miqdordagi byudjet mablag‘larini sarflashga shoshilmayotganligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, 29 iyul kuni AQSh Mudofaa vaziri Mark Esper Pentagon Germaniyadan 11,9 mingga yaqin qo‘shinni olib chiqib ketishini va shuningdek, AQSh Yevropa Qo‘mondonligi shtab-kvartirasini Belgiyaga o‘tkazishini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!