Toshkentda yana bir xotira bog‘i paydo bo‘ldi

Toshkentda yana bir xotira bog‘i paydo bo‘ldi

Poytaxtdagi Avliyo Georgiy Pobedonoses ibodatxonasi atrofiga o‘n beshga yaqin noyob daraxtlar ekildi.

“Toshkent xilokatalpasi” nomli darax navi bundan 50 yil oldin Toshkent Botanika bog‘i asoschisining o‘g‘li, biologiya fanlari doktori Nikolay Rusanov tomonidan yaratilgan edi. Mutaxassislar daraxtlar shu yilning o‘zida gullashini va’da berishmoqda.

“Biz umumiy sa’y-harakatlarimiz tufayli Toshkent respublikamizdagi eng yashil, Markaziy Osiyodagi eng yashil shaharga aylanishiga ishonamiz” dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov.

Marosimda shuningdek, “Rossotrudnichestvo” vakolatxonasi, “G‘alaba ko‘ngillilari”, Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi vakillari ishtirok etishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!