Toshkentda 40 yoshli erkak 10 yoshli o‘g‘il bola jiyanini zo‘rladi

Toshkentda 40 yoshli erkak 10 yoshli o‘g‘il bola jiyanini zo‘rladi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 16 iyun kuni 40 yoshli erkak 10 yoshli o‘g‘il bola jiyanini zo‘rladi. Bu haqda jurnalist Javohir Sultonov o‘zining sahifasida e’lon qildi, deb yozmoqda bugun.uz.

Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchining onasi tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. Ekspertizaga borganida 16 iyun — Hayit bayrami tufayli ishlamyotganini bildirgan.

«Hozirgi vaqtgacha adolatni topa olmagan ona O‘zbekiston xukumatidan norozi bo‘lib IIV binosining oldiga borib ustiga benzin quyib o‘zini o‘zi yoqmoqchiligi xaqida ogoxlantirmoqda!», — deyiladi xabarda.

Bolaning onasi yo‘llagan videomurojaatga ko‘ra, o‘zining Dilshod ismli uzoqroq qarindoshi tungi 2 yarimda 2014 yilda tug‘ilgan o‘g‘liga shahvoniy harakatlar qilayotganini ko‘rib qolgan. Ayol undan nima qilayotganini so‘raganida qilgan ishini tan olmagan. Unga o‘g‘li gapirib bergan. Ta’kidlashicha, farzandi bundan kuchli travma olgan va hali ham tunda qo‘rqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!