Toshkent viloyatida 20 sotix yerni 40 ming dollarga olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida 20 sotix yerni 40 ming dollarga olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Qayd etilishicha, departamentning Parkent tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda U.M. ismli shaxs fuqaro N.X.ning ishonchiga kirib, unga “Navbahor” qo‘rg‘oni hududidan 20 sotix yer maydonini tanishlari yordamida 40 ming dollar evaziga hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini va’da qilib, shundan 5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda besh gektar yer maydonini 40 ming AQSh dollariga sotishga uringan opa-uka qo‘lga olingan edi.

Aprel boshlarida esa Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlangani,

Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!