"​Toshkent–Qo‘ng‘irot–Toshkent" yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi

"​Toshkent–Qo‘ng‘irot–Toshkent" yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi

Joriy yilning 12 dekabr kunidan boshlab "Toshkent–Qo‘ng‘irot–Toshkent" yo‘nalishida xaftaning bir kunida qatnovni amalga oshirib kelayotgan №52/51 yo‘lovchi poyezdi xarakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.

Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot xizmati xabar berdi.

"Poyezd endilikda Toshkentdan Qo‘ng‘irot tomon xaftaning har payshanbasida emas, balki chorshanba kuni qatnovni amalga oshiradi. Qo‘ng‘irotdan esa payshanba kuni emas, juma kuni poytaxt tomon xarakatlanadi", - deyilgan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!