“Toshissiqquvvati” korxonasi aholini ehtiyotkorlikka chaqirdi

“Toshissiqquvvati” korxonasi aholini ehtiyotkorlikka chaqirdi

Toshkent shahar «Toshissiqquvvati» DUKning ma’lum qilishicha, poytaxtimizda joriy yilning 21 iyunidan 16 iyulgacha issiq suv bo‘yicha issiqlik iste’molchilarini chegaralamagan holda issiqlik tarmoqlarining mexanik chidamliligi va zichliligi (yuqori bosimda) sinovdan o‘tkaziladi.

Bundan ko‘zda tutilgan maqsad 2021-2022 yillardagi isitish mavsumiga sifatli tayyorgarlik ko‘rish ekanligi aytildi.

“Ish jarayonida issiqlik tarmoqlari quvurlarida shikastlanishlar bo‘lishi mumkin. Yo‘llarning qatnov qismiga va piyodalar yo‘liga issiq suv sachrashi mumkin. Shu boisdan haydovchilar va piyodalar, ma’muriy va turar joy binolaridagi aholimizdan ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, – deyiladi korxona bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!