Tolibon Afg‘onistonning «va’dasini» olqishladi

Tolibon Afg‘onistonning «va’dasini» olqishladi

Tolibon Afg‘onistonning bank va iqtisodiy sektorlaridagi cheklovlarni bekor qilish haqidagi AQSh (va bir qator boshqa mamlakatlar) «va’dasini» olqishladi.

«Bugungi uchrashuv juda yaxshi o‘tmoqda. Aksariyat davlatlar Afg‘onistonning xususiy sektorini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Bank va iqtisodiy faoliyatga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashga va’da berildi», - dedi Afg‘oniston hukumati so‘zlovchisi Zabihulloh Mujohid.

Bu haqda Qatar poytaxti Doha shahrida BMT shafeligida Afg‘oniston bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar kunlarida aytildi.

«Rossiya, Xitoy, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, AQSh va Islom hamkorlik tashkilotining pozisiyasi ma’qullashga loyiq», - deya qo‘shimcha qildi Mujohid.

✍️ Bu BMTning uchinchi shunday yig‘ilishi va Tolibonning o‘zlari ishtirok etayotgan bir qator uchrashuvlarning birinchisidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!