Termizda 16 yoshli qizning zo‘rlanishi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Termizda 16 yoshli qizning zo‘rlanishi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 2021 yil 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 16 yoshli voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi ma’lum qilingan edi.

Termiz shahar prokurori tomonidan ushbu jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qaror 2021 yil 5 aprel kuni bekor qilingan va qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazishlik uchun Termiz shahar IIB Tergov guruhiga yuborilgan.   

Holat bo‘yicha sudga oid qayta komission tibbiyot ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, to‘plangan hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika sud-tibbiyot ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!