Stikerni qalbakilashtirganlik uchun qanday jazo bor?

Stikerni qalbakilashtirganlik uchun qanday jazo bor?

Avtotransport vositalari uchun berilgan stikerlardan maqsadli foydalanishi ustidan o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida avtotransportni qalbaki stikerdan foydalangan holda boshqarish holatlari aniqlanmoqda.

Jinoyat kodeksining 228-moddasiga ko‘ra, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki sotish:
- 11 mln 150 ming so‘mdan 22 mln 300 ming so‘mgacha miqdorda jarima;
-  360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:
• takroran yoki xavfli residivist tomonidan;
• bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa:

- 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish:
- 5 mln 575 ming so‘mdan 11 mln 150 ming so‘mgacha miqdorda jarima;
- 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!