Spark to‘satdan yo‘lga chiqib qolgan 2 yoshli go‘dakni urib ketdi. Bolakay vafot etdi

Spark to‘satdan yo‘lga chiqib qolgan 2 yoshli go‘dakni urib ketdi. Bolakay vafot etdi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida Spark mashinasi 2 yoshli bolani urib ketishi oqibatida bola kasalxonada vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2 iyul kuni soat 12.00 da Uchtepa tumani Xondamir ko‘chasida Spark avtomobili haydovchisi 38 yoshli Zafar N. piyodani urib yuborgan. YTH natijasida 2 yoshli S.X. tan jarohatlari olib, shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

IIBBning ma’lum qilishicha, YTHga haydovchining to‘satdan yo‘lga chiqib qolgan bolani ko‘rmay qolgani sabab bo‘lgan, bola mahalla ichida qarovsiz qoldirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!