Shinjonda Ramazon hayitiga 1 kun dam olish va avtomobillarga chegirma beriladi

Shinjonda Ramazon hayitiga 1 kun dam olish va avtomobillarga chegirma beriladi

Kelasi chorshanba kuni Shinjonda Ramazon hayiti munosabati bilan 1 kunlik ta’til bo‘ladi va avtomobillar pullik yo‘llarda to‘lovdan ozod qilinadi, deb xabar beradi Xitoy markaziy xalq radiosi.

Ommaviy axborot vositalari taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumatining 2024 yilgi davlat bayramlariga ko‘ra, 10 aprel Hayit bayrami munosabati bilan dam olish kuni hisoblanadi. Bundan tashqari, 10 aprel kuni soat 00:00 dan 24:00 ga qadar 7 va undan kam o‘rindiqli avtomobillar mamlakatdagi pullik yo‘llarda bepul harakatlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, muborak Ramazon oyi 11 mart kuni boshlangan edi. Ramazon hayiti 10 aprel kuni keladi.

Bugun esa butun musulmon ahli intiqlik bilan kutayotgan muqaddas Qadr kechasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!