Shakar narxi pasaymoqda

Shakar narxi pasaymoqda

10-14 iyunda o‘tkazilgan ochiq birja savdolari natijalariga ko‘ra, shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan 26,1% ga pasaydi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, birjada shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 14 554,5 ming so‘mdan 10 754,9 ming so‘mgacha, ya’ni 26,1% ga pasaydi.

Birja savdolariga jami 6 004 tonna (“Xorazm shakar” MCHJ 3 000 tonna, “Angren shakar” MCHJ 3 004 tonna) shakar qo‘yilgan bo‘lib, hammasi sotildi.

“Shakarni birjada xarid qilishda talab darajasidan kelib chiqqan holda, hududlar o‘rtasida mutanosib taqsimot shakllanmoqda”, - deyilgan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!