Sergeli tumanida MCHJni qasddan bankrotlika olib kelish holati aniqlandi

Sergeli tumanida MCHJni qasddan bankrotlika olib kelish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.T.” MCHJ mas’ul shaxslari umumiy bahosi 1,9 mlrd so‘mlik avtotransport vositalarini MCHJ balansidan chiqarib, korxonani to‘lovga qobiliyatsizligini qasddan yuzaga keltirishib, kreditorning manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganliklari, shuningdek yer qaridan qazib olingan foydali qazilmalar hajmini soliq hisobotlarida kamaytirib ko‘rsatib, 256 mln so‘m soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!