Xitoy raisi Qozog‘istonga tashrif buyuradi

Xitoy raisi Qozog‘istonga tashrif buyuradi

Xitoy raisi Si Szinpin Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Oqorda matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2—4 iyul kunlari Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan Xitoy raisi mamlakatga tashrif bilan keladi. U Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 24-yig‘ilishida ishtirok etadi.

3—4 iyul kunlari Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi. Shu kunlarda shaharda kuchaytirilgan xavfsizlik choralari joriy etiladi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda ishtirok etishini tasdiqlagandi. Bundan tashqari, shu kunlarda Belarusning SHHTga a’zo bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

“Forumda kuzatuvchi davlatlar rahbarlari va muloqot bo‘yicha hamkorlar ishtirok etishi kutilmoqda”, — deyiladi Oqorda xabarida.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!