Paralimpiya o‘yinlarining qancha chiptasi sotildi?

Paralimpiya o‘yinlarining qancha chiptasi sotildi?

Parij-2024 tashkiliy qo‘mitasi Fransiya poytaxtida 28 avgust-8 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun mo‘ljallangan chiptalarning nechtasi xarid qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotni e’lon qildi.

Hozirgacha 2.8 million chiptadan bir millionga yaqini sotib bo‘lingan. Afsuski, o‘yinlar boshlanishiga yuz kuncha qolganda Paralimpiada tomoshabinlari uchun ajratilgan chiptalarning faqat uchdan biri sotib olingani xavotirli holat ekanligi ta’kidlangan.

Shu bois tashkiliy qo‘mita va fransiyalik sportchilar “Faqat seni sog‘indim” aksiyasi doirasida chipta sotuvini tezlashtirish uchun ijtimoiy murojaat kampaniyasini boshladi.

Chipta narxi 25 yevrodan past baholanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!