Saudiya Arabistoni parlamenti delegasiyasi yurtimizga keldi

Saudiya Arabistoni parlamenti delegasiyasi yurtimizga keldi

Bugun, 30-iyun kuni Saudiya Arabistoni Sho‘ro Kengashi “Saudiya — O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik qo‘mitasi raisi Muhammad bin Abdulaziz al-Jabra boshchiligidagi parlament delegasiyasi mamlakatimizga tashrif bilan keldi. Mehmonlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev kutib oldi.

Tashrif davomida Saudiya Arabistoni parlamenti delegasiyasining Oliy Majlis palatalari rahbariyati bilan uchrashuvlari, Samarqand, Buxoro hamda Toshkent shahrining tarixiy va me’moriy obidalariga tashrifi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!