Angrenda aholidan chiqindilar sotib olinmoqda

Angrenda aholidan chiqindilar sotib olinmoqda

Angren shahri «Nurchi» MFYda joylashgan «Zero waste» davlat xususiy sheriklik bitimi asosidagi sanitar tozalash korxonasiga qarashli hudud aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy chiqindi yig‘ish shoxobchasida qurildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bu yerda respublikada ilk bor ilgari surilayotgan — aholidan qayta ishlanadigan chiqindilarni xarid qilish tajribasi yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 yanvardagi «Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmoniga muvofiq, 2024–2026 yillarda – viloyatdagi chiqindilarni «qayta ishlanadigan», «qayta ishlanmaydigan» va «oziq-ovqat» toifalariga saralagan holda yig‘ish bo‘yicha tajriba o‘tkazilishi hamda ushbu turdagi chiqindilarni yig‘ish uchun alohida paketlar aholiga bepul berilishi, shuningdek, ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlarda chiqindi yig‘ish maydonlarida «qayta ishlanadigan» toifaga mansub chiqindi turlari aholidan sotib olinishi belgilangan.

Ta’kidlash joizki, zamonaviy chiqindi yig‘ish shoxobchasi qurilishida, asosan, chiqindiga aylangan yuk tashishga mo‘ljallangan konteynerlar, shisha idishlar kabi foydalanishdan chiqarilgan xomashyolardan foydalanilgan.

Chiqindi yig‘ish maydonchasini elektr bilan ta’minlash uchun quyosh panellari o‘rnatilgan. Shoxobchada ishchi-xizmatchi yashashi va ishlashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!