Rossiyada niqob taqiqlanishi mumkin

Rossiyada niqob taqiqlanishi mumkin

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin mamlakatda niqob kiyishni “zudlik bilan” taqiqlashga chaqirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Bastrikinga Xalqaro yoshlar yuridik forumida Markaziy Osiyo davlatlarida yuzni yopuvchi diniy kiyim kiyish taqiqlangani aytilgan.

“U yerda niqob kiya olmaganlar bu yerga ko‘chib kelib, Rossiyada kiyadi”, — degan murojaatchilardan biri.

U Rossiyada ham xuddi shunday taqiqni joriy etishni taklif qilgan va niqob ortida “qandaydir terrorchilar hujayrasi uxlab yotgan bo‘lishi mumkin”ligini aytgan.

“Siz aytgan narsani taqiqlash bo‘yicha qonunni Davlat dumasi qabul qiladi. U yerda taqiqlangan, bizda esa yo‘q. Nega? Men sababini bilmayman, qonunchi emasman. Sizning fikringizga qo‘shilaman zudlik bilan bularning barchasini taqiqlashimiz lozim”, — deya javob bergan Aleksandr Bastrikin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!