Zelenskiy: Putin bilan muzokaralar uchun Turkiya va BMT kerak

Zelenskiy: Putin bilan muzokaralar uchun Turkiya va BMT kerak

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Putin bilan muzokaralar uchun faqat bitta modelni ko‘rishini aytdi - bu Turkiya va BMT ishtirokidagi don kelishuviga o‘xshash vositachilar bilan uch tomonlama kelishuv bo‘lishi kerak.

Bu haqda Ukraina rahbari The Philadelphia Inquirer nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Zelenskiydan Kiyev qanday sharoitda Moskva bilan muzokaraga tayyor bo‘lishi so‘ralgan.

«Ukraina yechim topadigan modelni topishi mumkin. Ukraina Rossiya bilan emas, balki BMT va Turkiya bilan muzokaralar olib borganida, bu model birinchi marta don koridori misolida ishlatilgan. Ular, o‘z navbatida, biz bilan muzokaralar olib borish, keyin esa Rossiya Federasiyasi bilan tegishli shartnoma imzolash mas’uliyatini o‘z zimmalariga olishdi», deb javob berdi Ukraina prezidenti.

«Va bu shunday ishladi: ikkita ko‘zgu kelishuvi, ular o‘rtasida BMT va Turkiya. <…> Xuddi shunday, hududiy yaxlitlik, energiya va yuk tashishda ham tegishli modeldan foydalanish mumkin. <…> Keyin ushbu hujjat, agar u Ukrainaga mos keladigan bo‘lsa, Rossiya Federasiyasi vakillari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi kerak. Hozircha bizda faqat shu model bor», — deya xulosa qildi u.

Shu hafta boshida prezident Zelenskiy Ukraina urushni tugatish bo‘yicha «aniq va batafsil» reja tayyorlayotganini va bu yil taqdim etilishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!