Uzoq muddatli sadoqatning kafolati: NATO Ukrainaga yangi qo‘shma harbiy yordam missiyasini taklif qiladi

Uzoq muddatli sadoqatning kafolati: NATO Ukrainaga yangi qo‘shma harbiy yordam missiyasini taklif qiladi

NATO Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan sammitda Ukrainaga barcha harbiy yordamni boshqarish uchun yangi shtab taklif qiladi. Bu alyansning Ukraina xavfsizligiga uzoq muddatli sadoqatining kafolati va Kiyevning kelajakdagi a’zoligiga «ko‘prik» sifatida qaralmoqda, dedi The New York Times gazetasiga bir qancha yuqori martabali amaldorlar.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va ba’zi Markaziy Yevropa davlatlari 9—11 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitda NATO Kiyevga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni taklif qilishiga umid qilmoqda. Buning o‘rniga alyans Germaniyada uzoq muddatda barcha turdagi yordamni muvofiqlashtirish uchun missiya tashkil etilishini e’lon qiladi, dedi NATO va AQShning yuqori martabali rasmiylari.

Nashrga ko‘ra, bu qadam Kiyev ittifoqchilari uchun ham, G‘arb davlatlari urushni qo‘llab-quvvatlashdan charchashini kutayotgan Moskva uchun ham «kuchli signal» sifatida ko‘rilmoqda. Maxsus missiya yaratish g‘oyasi Amerika prezidenti Jo Bayden ma’muriyatiga tegishli. Shu yo‘l bilan alyans Kiyevga to‘liq a’zolik o‘rniga muhim narsani taklif qilmoqchi.

Yangi missiya Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatuvchi davlatlar koalisiyasi bilan birlashadi. Endi tashabbus Ukraina harbiylarini ittifoqchi davlatlarda o‘qitish, xavfsizlik bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar imzolash va jihozlarni jo‘natish ishlarini nazorat qiladi. Missiya AQShning Visbadendagi harbiy ob’ektida joylashgan bo‘lib, uni NATO va AQShning Yevropadagi oliy qo‘mondoni general Kristofer Kavoliga bo‘ysunadigan amerikalik general boshqaradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!