Koreya – Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston sinov poyezdi yo‘lga qo‘yildi

Koreya – Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston sinov poyezdi yo‘lga qo‘yildi

Lyanyungan portidagi Qozog‘iston – Xitoy logistika terminalida Koreya – Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha sinov poyezdini ishga tushirish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kazinform” agentligi “Qazaqstan temіr joli” MK” AJ matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

QTJ xabariga ko‘ra, xalqaro savdo hamkorligi uchun muhimligi ta’kidlangan ushbu tadbirda to‘rt davlatning temir yo‘l ma’muriyati vakillari ishtirok etdi.

7 ming kilometr masofani bosib o‘tadigan, avtomobil ehtiyot qismlari yuklangan tarkib mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning yangi yo‘llarini ochadi.

Qo‘shma multimodal yuk tashish rivoji yo‘lidagi umumiy intilishni namoyon etadigan mazkur loyiha mintaqalararo savdo hamkorligida yangi sahifa ochadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!