Shahram G‘iyosov Madrimov—Krouford oqshomida ringga ko‘tariladi

Shahram G‘iyosov Madrimov—Krouford oqshomida ringga ko‘tariladi

O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov Madrimov—Krouford kardida jang qiladi.

Professional boksda mag‘lubiyatsiz harakat qilayotgan Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 3 avgust kuni o‘tkazadi.

“Tayyorgarliklar yuqori darajada. 3 avgust kuni jangni ko‘rasizlar. Isroil va Kroufordning kardida. Yaqin kunlarda raqibim kim bo‘lishini aytaman”, — deydi G‘iyosov.

Shahram so‘nggi jangini fevral oyida Pablo Sezar Kanoga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.

Avgust oyida bo‘lib o‘tadigan turnirning markaziy jangida Isroil Madrimov o‘ziga tegishli WBA kamarini P4P reytingi peshqadami Terens Krouforddan himoya qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!