Xitoy rahbari ham Markaziy Osiyoga safar qiladi

Xitoy rahbari ham Markaziy Osiyoga safar qiladi

Xitoy rahbari Si Szinpin ham Markaziy Osiyoga safar qilmoqda. U 2—6 iyul kunlari Ostonaga tashrif buyuradi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi, deb xabar beradi «TASS».

«Xitoy raisi Si Szinpin 2-6 iyul kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining 24-yig‘ilishida ishtirok etadi hamda Qozog‘iston Respublikasi va Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshiradi», — deyiladi agentlik xabarida. Xitoy hukumati bayonoti.

Si Szinpin ushbu davlatlar rahbarlari taklifiga binoan Qozog‘iston va Tojikistonga tashrif buyuradi.

SHHT sammiti 4 iyul kuni Ostonada bo‘lib o‘tadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrish va Pokiston Bosh vaziri Shehbaz Sharif ham Qozog‘istonga uchib kelishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!