Kiyevning qo‘lga olinishi Putin qabul qiladigan yagona variant

 Kiyevning qo‘lga olinishi Putin qabul qiladigan yagona variant

U shuningdek, Ukrainadan keyin NATOga a’zo Estoniya yoki Latviyaga hujum qilishi mumkin, deb yozmoqda Foreign Affairs.

Nashrning yozishicha, agar Rossiya Ukraina poytaxtini egallash uchun ikkinchi kampaniyani boshlasa, 2022 yil qishida bo‘lgani kabi Belarusdan ham katta ehtimol bilan hujumga o‘tadi, bu Rossiya qo‘shinlarining Chernobil AES yaqinida oldinga siljishini ham o‘z ichiga oladi.

Moskvada ko‘pchilik go‘yoki bu safar Rossiya armiyasi kuchayib, Ukraina zaxirasi zaiflashganda Rossiya g‘alaba qozonishi mumkin, deb hisoblaydi.

Rossiya elitasining fikriga ko‘ra, ukrainaliklar navbatdagi himoyani o‘rnatish uchun juda charchagan.

«Rossiyalik oligarxlar yadroviy mojarodan qo‘rqmaydilar, chunki ular NATO javob berishga jur’at eta olmaydi, deb hisoblaydilar, NATOni shunday vahima va betartiblik qamrab oladiki, u hech qanday provokasiya qila olmaydi AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari arafasida Rossiya uchun ayniqsa foydali bo‘ladi», deyiladi maqolada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!