Zaurbek Sidakov faoliyatini yakunlashi mumkinligi va fuqaroligini o‘zgartirish haqida gapirdi

Zaurbek Sidakov faoliyatini yakunlashi mumkinligi va fuqaroligini o‘zgartirish haqida gapirdi

Erkin kurash bo‘yicha Olimpiada g‘olibi, uch karra Jahon chempioni Zaurbek Sidaqov Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.

XOQ sportchini neytral statusdagilar ro‘yxatiga kiritmagan. Jamoa yetakchilaridan hech biri bu ro‘yxatga kiritilmagan – na ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Abdulrashid Sadullayev, na Zaur Uguyev.

"Men Olimpiadaga bormoqchiman, lekin ruxsat berishmadi. Bu men haqimda emas. Men o‘zim taslim bo‘lmayman, qanday qilib orzuimdan voz kechishim mumkin?" deya suhbatni boshlaydi Sidakov.

Zaurbek Sidakov faoliyatini yakunlashi mumkinligi va fuqaroligini o‘zgartirish haqida gapirdi

Kurashdagi faoliyatini davom ettirish haqida gapirar ekan, u allaqachon bu ishni tashlash haqida o‘ylayotganini aytdi.

"Agar vaziyat o‘zgarmasa, men endi bu sport turida hech qanday istiqbolni ko‘rmayapman".

Shu bilan birga, sportchi kelajakdagi rejalari haqida ham batafsil gapirmagan.

"O‘zimni UFC'da sinab ko‘rish haqida o‘ylayapman, ammo hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q".

Parijdagi Olimpiadada Sidakov 74 kg vazn toifasida ishtirok etishi kerak edi. Xuddi shu vaznda boshqa mamlakatlar sharafini himoya qilayotgan bir qancha osetin polvonlari – Taymuraz Salkazanov, Xetag Sabolov va Chermen Valiyev Olimpiya o‘yinlarida qatnashadi. Sidakov vatandoshlari uchun muxlislik qilishini va ular orasidan biror kim oltin olishiga umid qilishini ta’kidladi. Sidakovning o‘zi esa hozircha sport fuqaroligini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!