IBA Rossiyada 5000 o‘rinli maxsus arena qurmoqchi

A A A
IBA Rossiyada 5000 o‘rinli maxsus arena qurmoqchi

Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) Rossiyaning Serpuxov shahrida yangi majmua bunyod etadi

12 iyul kuni Moskva yaqinidagi Serpuxov shahrida bo‘lib o‘tadigan "IBA Chempionlar oqshomi" turnirining asosiy janglarida Albert Batirgaziyev va Muslim Gajimagomedov WBA kamarlari uchun ringga chiqadi

Ikki karra jahon chempioni, 2020 yilgi Olimpiada finalchisi, 2019 yilgi Yevropa o‘yinlari g‘olibi, 2024 yilgi Yevropa chempioni Gajimagomedov xitoylik Chjan Chjaoxin bilan jangda WBA yo‘nalishi bo‘yicha vakant bo‘lib turgan chempionlik unvonini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Turnirning asosiy jangida 2020 yilgi Olimpiada chempioni Batirgaziyev irlandiyalik Jono Kerroll bilan vaqtinchalik WBA chempionlik unvoniga da’vogarlik qiladi.

IBA tashkiloti mazkur oqshom uchun 5000 nafar muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan majmua quradi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!