Marokashda Xalqaro arab xattotligi festivali boshlandi

Marokashda Xalqaro arab xattotligi festivali boshlandi

Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi – UNA-OIC Marokashning Fes shahrida “Safir” shiori ostida Xalqaro arab xattotlik va bezak san’ati festivalining to‘qqizinchi sessiyasi boshlanganini yozgan.

Uch kun davom etadigan ushbu madaniy tadbir jamoatchilikni, muxlislarni arab xattotligi va bezak san’ati bilan bog‘liq nafis rasmlarda qo‘llanadigan uslublar bilan yaqindan tanishtiradi.

Shahar Mintaqaviy madaniyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Nadiya Berchid xonim Mag‘rib Arab matbuot agentligiga ta’kidlaganidek, arab davlatlari san’atkorlik tajribasi va asarlari namoyish qilinayotgan Xalqaro arab xattotlik va bezak san’ati festivali joriy sessiyasi dasturi rang-barangligi bilan ajralib turadi. “Muzey va san’at galereyasi kechasi”ning milliy miqyosdagi uchinchi davrasiga to‘g‘ri kelgan anjuman qatnashchilar uchun ko‘plab muzeylar, madaniyat maskanlarini tomosha qilish uchun qulay imkoniyatdir.

Tadbir davomida nazariy va amaliy seminarlar ham tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!