«Rossiya yengilmas emas...»

«Rossiya yengilmas emas...»

Polsha Tashqi ishlar vazirligi rahbari Radoslav Sikorskining aytishicha, Rossiya yengilmas emas, shuning uchun ham G‘arb uni mag‘lub eta oladi.

Unga ko‘ra, Rossiya diktatori Vladimir Putin G‘arb davlatlari uni to‘xtatmasa, Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonishi mumkin. Siyosatchining ishonchi komilki, G‘arb bunga qodir.

«O‘zining aqldan ozgan propagandasidan farqli o‘laroq, Rossiya yengilmas emas. U o‘zining bir qancha urushlarida mag‘lub bo‘ldi. Kremlni to‘xtatish va hatto mag‘lubiyatga uchratish ham mumkin - biz buni shunchaki unutib qo‘ydik. Ronald Reyganning aytishicha, uning Sovet Ittifoqiga qarshi strategiyasi sodda bo‘lgan: »biz g‘alaba qozonamiz va ular yutqazishadi«. Menga bu yondashuv yoqadi», dedi Sikorskiy.

Diplomatning qayd etishicha, Rossiya ustidan ustunlikka erishish uchun eskalasiya o‘yinida g‘alaba qozonishni qayta o‘rganish kerak. Masalan, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning barcha 300 milliard yevrolik suveren aktivlarini musodara qilishi mumkin.

«Putin ularni allaqachon hisobdan chiqargan, u ularni qaytarishga umid qilmayapti, ammo u ularni olib qo‘yishga bizning kuchimiz yo‘q, deb o‘ylamoqda. Hozircha biz uning haqligini isbotlayapmiz», dedi Polsha TIV rahbari.

Sikorskiyning ta’kidlashicha, Putin SSSR parchalanganidan afsusda, shuning uchun u endi «bizning qadriyatlarimiz, xavfsizligimiz va turmush tarzimiz»ga qarshi revansh o‘tkazishga qaror qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!