Baydenning «qovun tushirish»lari davom etmoqda

Baydenning «qovun tushirish»lari davom etmoqda

AQSh prezidenti Jozef Bayden saylov kampaniyasi vaqtida Fransiyani Italiya bilan adashtirib yubordi.

AQSh rahbari Fransiyadagi jahon urushlarida halok bo‘lgan askarlar qabristonini tilga olib, «U (sobiq prezident Donald Tramp – Eslatma) Italiyadagi qabristonga bormaydi», deb aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 81 yoshni qarshilagan Bayden ommaviy chiqishlarida ko‘pincha mamlakatlar va ismlarni xato qilib qo‘yadi.

Joriy yil boshida Bayden xotirasida muammolar yo‘qligini aytgan bo‘lsa ham, biroq u Meksika va Misr prezidentlarini, shuningdek, Fransiyaning 28 yil avval vafot etgan sobiq prezidenti Fransua Mitteran va Emmanuel Makronni chalkashtirib yuborgan. Mart oyidagi nutqida u ukrainaliklar o‘rniga eronliklar degan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!