Morata Saudiya Arabistonida Nachoning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Morata Saudiya Arabistonida Nachoning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Alvaro Morata faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

31 yoshli forvardga ispaniyalik Michel Gonsales ishlayotgan "Al Qodisiya" klubi qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq, "Al Qodisiya" o‘z tarkibiga "Real"da o‘ynagan Nacho Fernandesni qo‘shib olgandi.

Morata o‘tgan mavsum "Atletiko" safida 48ta o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol va 5ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!