Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralar vositachilar orqali amalga oshirilishi mumkin

Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralar vositachilar orqali amalga oshirilishi mumkin

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Philadelphia Induirer nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bunda Rossiya va Ukraina BMT va Turkiya vositachiligida amalga oshirilgan “don kelishuvi” bo‘yicha muloqot modelidan foydalanishi mumkin.

Bitim bir yilga yaqin ishladi, keyin Rossiya Federasiyasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shart bajarilmaganini aytib, undan chiqdi, dedi Zelenskiy.

“Har qanday qit’adan kelgan” davlatlar vakillari vositachi bo‘lishi mumkin, dedi u. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning sheriklari orasida nafaqat AQSh va Yevropa, balki “ko‘plab qit’alar, jumladan, Osiyo, Tinch okeani, shuningdek, afrikaliklar va Lotin Amerikasi” davlatlari ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!